Yoshlarga ajratilgan yer: ham bandlik, ham daromad taʼminlanmoqda.
2026-02-26 17:15:00 / Yangiliklar

Jumladan, “Xo‘jaqo‘rg‘oncha” mahallasida “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida 5 nafar yoshga ajratib berilgan 1 gektar 15 sotix yer maydonida qulupnayzor tashkil etildi. Qulupnaylar zamonaviy agrotexnologiya asosida plyonka ostida ekilgan bo‘lib, bu usul namlikni saqlash, begona o‘tlarni kamaytirish va hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda maydonda parvarish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov huquqni muxofaza etuvchi idoralar rahbarlari bilan birga mazkur qulupnayzorga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qildi. Yer maydonlaridan samarali foydalanish, daromadni oshirish masalalari muhokama etildi.
Qayd etilganidek, bunday loyihalar yoshlarning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi, tadbirkorlik ko‘nikmalarini mustahkamlashi va mahallalarda bandlikni taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Norin tumani hokimligi
Axborot xizmati






