65-xalqaro "Gullar festivali" mahallalardan boshlanadi
2026-02-25 13:15:00 / Yangiliklar

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur mahallada bo‘lib, gulchilarning ayni paytdagi yumushlari, festivalga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mahallada gulchi tadbirkor Oybek Nuriddinov tomonidan istiqbolli navlarni ko‘paytirish, xorijdan keltirilgan ko‘chatlarni mahalliylashtirish orqali yangi navlar yaratishga yo‘naltirish maqsadida 70 sotix yer maydonida “Husanboy firdavs gullari klasteri” tashkil etilgan bo‘lib, klasterning o‘zida 20 nafar, kooperatsiya asosida esa 300 dan ziyod aholining bandligi taʼminlangan.
Viloyat rahbari issiqxonalarda yangi mavsum uchun gul ko‘chatlari yetishtirish jarayonini ko‘zdan kechirib, joriy yil yubileyi nishonlanadigan xalqaro "Gullar festivali"ga tayyorgarlik doirasida dolzarb vazifalarni belgilab berdi.








