Xonadonda qo‘ychilik: qiziqish ortidan daromad topayotgan tadbirkor
2026-02-22 15:15:00 / Yangiliklar

Yangi Namangan tumani "Go‘zal" mahallasi hududida istiqomat qiluvchi Sodiqjon Qozoqov shulardan biri. Yoshligidan qo‘ychilikka qiziqqan xonadon egasi xonadonida dastlab kichik qo‘ra qurgan edi. Qo‘y – baraka deyishadi. Buning isboti o‘laroq Sodiqjon akaning qo‘rasi yil sayin kengayib bormoqda. Ayni paytda 65 bosh zotdor qo‘yi bor.
-Vaqti kelganda 100 boshdan oshirgan davrimiz ham bo‘ldi, tirikchiligimiz shuning ortidan, yaxshigina daromad topib, uy-ro‘zg‘orni eplab turibmiz. Shahar joyda buncha qo‘y boqish oson emas. Qo‘ramizni doimo pokiza saqlab, qo‘ni-qo‘shnilarga halaqit qilmaslik choralari eʼtiborimizda, - deydi xonadon egasi S.Qozoqov.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangi Namangan tumanidagi o‘rganishlari davomida mazkur xonadonda ham bo‘ldi.
Tadbirkor bilan suhbatda qo‘ychilikning afzalliklari, yem-xashak masalasi, kelgusi rejalari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati






