«Axsikent mintaqa turizmida alohida ahamiyatga ega obʼekt. Barpo etilayotgan ochiq osmon muzeylarining har biri katta tarixdan soʻzlaydi», - Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Axsikent arxeologiya parkidagi qurilish-bunyodkorlik ishlari bila
2026-02-21 16:40:00 / Yangiliklar
Ayni paytda davlatchiligimizning 3000 yilligiga guvohlik beruvchi maskanda keng koʻlamli ishlar ketmoqda. XIX, XVIII qazuv obʼektlari muzeylashtirib boʻlindi. VIII qazuv obʼektining usti yogʻoch konstruksiyada toʻla yopildi.

Eksponatlar muzeyini toʻla raqamlashtirish, tarixni virtual reallikda tiklash ishlari boshlangan boʻlib, bu boʻyicha turk meʼmorlari ishlashmoqda.
Viloyat rahbariga amalga oshirilayotgan jarayonlar, yaʼni navbatdagi obʼektlarda beton ishlari yakunlangani, Axsikent va Axsini Sirdaryo yoqalab 4,2 kilometrlik yoʻl bilan bogʻlash harakatlari boshlangani toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Shavkatjon Abdurazzoqov masʼullarga qurilish ishlarini jadallashtirish va puxta bajarish, yaqinlashib kelayotgan yangi turizm mavsumida sayyohlar oqimini koʻpaytirish choralarini koʻrish zarurligi boʻyicha mutaxassislarga koʻrsatmalar berdi.
Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimligi
Axborot xizmati









