CHORVACHILIK VA PARRANDACHILIKDA YANGI LOYIHALAR: UYCHIDA NASLCHILIK RIVOJLANMOQDA.
2026-02-19 14:05:00 / Yangiliklar

Shu bois Uychi tumanida ushbu masalaga alohida eʼtibor qaratilmoqda. "Axsi" mahallasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan “Yuksalish chorva fayz” naslchilik fermer xoʻjaligida Moʻgʻuliston davlatidan “Bayat” zotli 720 bosh naslli qoʻylar olib kelinib, koʻpaytirilmoqda. Klaster tashkil etilib, yil oxirlarida aholiga naslli qoʻylarni yetkazib berish koʻzlangan.
«Vodiy kumush parranda» MCHJ tomonidan 3,7 gektar yer maydonida 1 million bosh tovuq boqishga moʻljallangan zamonaviy parrandachilik fermasi barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
"Oqtosh" mahallasida yashovchi Odiljon Joʻrayev xususiy chorvachilik xoʻjaligida
50 bosh zotdor qoramol parvarish qilmoqda. Bu kabi yangi loyihalar deyarli har bir mahallada bor.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov chorvachilik va parrandachilik loyihalari bilan tanishib, zotli naslli qoʻylarni koʻpaytirish, parrandachilikni rivojlantirish aholining bandligini taʼminlash bilan birga, goʻshtga boʻlgan ehtiyojini ham qondirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.
Viloyat rahbari ichki yoʻllar chetidagi zakan-zovurlarda oʻrdakchilikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









