Lavanda sayli oʻz bagʻriga minglab gul shaydolari jam qildi
2024-06-07 22:45:00 / Yangiliklar

Tadbirning ochilishi katta shodiyonaga aylandi. Unda Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari Botirjon Nuriddinov hamda tuman hokimi Aʼzamjon Sultanovlar soʻzga chiqib, bu yilgi festivalning nufuzi, mazmun-mohiyati yanada kengayib borayotganini va endilikda xar yili Pop tumanida xam lavanda sayli koʻtarinkilikda nishonlanishini alohida taʼkidladi.
MEHRIGIYO kompaniyasi tomonidan 40 mln. dollar qiymatida 500 gektarda dorivor oʻsimliklar, 540 tonna qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Bepoyon togʻ yon bagʻirlarida tashkil etilgan lavanda maskani gul shaydolari bilan yanada gavjumlashdi. Mehmonlarni oʻziga rom etayotgan ushbu yangicha manzara, betakror uygʻunlik bilan gul shaydolarini eʼtiborini tortdi. Qolaversa, mehmonlar uchun esdalik suratga tushish manzillaridan biriga aylandi.









