Vatan himoyachilariga eʼtibor — Prezident topshiriqlari amalda!
2026-02-12 19:25:00 / Yangiliklar

Dastlab zamonaviy qurol-aslahalar koʻrgazmasi, Qurolli Kuchlardagi yangi innovatsiyalar va jangovar chiqishlar namoyish etildi. Bu armiyamiz qudrati va salohiyati izchil yuksalib borayotganini yana bir bor koʻrsatdi.
Shundan soʻng yosh harbiylar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Bosh Qoʻmondon tomonidan harbiylarga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imtiyoz va sharoitlar, selektor yigʻilishlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Yosh askarlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqot ularda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi hamda yoshlar va harbiylar oʻrtasida intellektual oʻyinlar tashkil etildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va armiyamiz safida xizmat qilayotgan oʻgʻlonlarni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.









