Namanganda 63-halqaro “Gullar festivali” doirasida bayramona dron-shou boʻlib oʻtdi
2024-06-01 22:00:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimligi va Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” hamkorligida “Gullar festivali” doirasida tashkil etilgan tomoshada 500 ta dron ishtirokida navbatdagi shou boʻlib oʻtdi.
Ular yordamida 6 ta shakl hosil qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi, Yangi Oʻzbekiston monumenti, “Soʻngi qoʻngʻiroq qoʻngʻiroqchasi” hamda “Oq yoʻl bitiruvchi”, “Talabalik oltin davrim” va “We love Uzbekistan” shakllari Namangan osmonida yaratildi.
Soat 20:20 atrofida boshlangan shou 10 daqiqa davom etdi. Bundan oldin viloyat sanʼatkorlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.
Dron-shouni Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkiga toʻplangan minglab tomoshabinlar bevosita kuzatib bordilar.
Davlatobod tumani hokimligi Axborot xizmati.









