Maktabgacha taʼlim qamrovi kengaymoqda, sharoitlar ham yaxshilanyapti
2024-06-03 12:05:00 / Yangiliklar

“Rezaksoy” mahallasidagi 64-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining avvalgi binosi 1972-yilda qurilgan boʻlib, 70 oʻringa moʻljallangan hamda moslashtirilgan edi.
Aholi talablari va ehtiyojdan kelib chiqib, investitsiya dasturi asosida 4 mlrd. 800 mln. soʻm mablagʻ evaziga bolajonlar uchun yangi bino qurib berildi. Natijada 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qad rosladi.
Uning ochilish marosimi “Rezaksoy”liklar uchun chinakam bayram tusini oldi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, yigʻilganlarni yangi bino bilan tabrikladi.
Oʻz navbatida mahalla nuroniylari ham eʼtibor uchun minnatdorlik bildirdilar.
Shundan soʻng ramziy lenta qirqilib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









