Chust tumanida mahallaga yangi bino foydalanishga topshirildi
2026-02-10 14:00:00 / Yangiliklar

Ana shu ezgu saʼy-harakatlar doirasida “Yangi bogʻishamol” mahallasi fuqarolar yigʻini uchun barpo etilgan yengil konstruksiyali yangi maʼmuriy bino qisqa fursatda bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan ushbu binoda mahalla xodimlari hamda fuqarolar uchun barcha qulay va munosib shart-sharoitlar yaratilgan.
Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyati, shuningdek, mahallalarni moddiy-texnik jihatdan yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, viloyat rahbari mahalla “yettiligi”, faollar va nuroniylar bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Taʼkidlanganidek, mahalla — aholi bilan davlat oʻrtasidagi eng yaqin va ishonchli boʻgʻin hisoblanib, uning samarali faoliyati uchun munosib shart-sharoitlar yaratish fuqarolar manfaatlarini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









