Yashirin iqtisodiyotni oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi ishlar muhokama qilindi.
2026-02-06 20:20:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda Namangan viloyatida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliq solish bazasini kengaytirish, foydalanilmayotgan zaxiralarni safarbar qilish borasida amalga oshirilgan ishlar va 2026 yilda byudjetga jalb qilinishi kutilayotgan qo‘shimcha daromadlarni taʼminlash yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” ijrosi muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat soliq, Iqtisodiy jinoyatlarga karshi kurashish departamenti Namangan viloyati boshqarmalari boshliqlari hisobot berdilar.
Amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, ayniqsa, bozorlar faoliyatini tartibga solish, raqamlashtirish, umumiy ovqatlanish shohobchalarida nazorat-kassa mashinalari faoliyatini qatʼiy yo‘lga qo‘yish va boshqa yo‘nalishlardagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Viloyat rahbari muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan ayni sohaga qaratilayotgan eʼtibor va uning masʼuliyati haqida to‘xtalib, ijrosi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









