“Hunarmandlar shaharchasi”: betakror loyiha, tarmoq rivoji uchun yangi imkoniyat!
2026-02-02 16:00:00 / Yangiliklar

Oʻrganish davomida viloyat rahbariga master-reja asosida olib borilayotgan ishlar, shaharcha infratuzilmasi, hunarmand ustalar uchun yaratilayotgan ishlab chiqarish xonalari, savdo maydonchalari, koʻrgazma pavilyonlari hamda xizmat koʻrsatish maskanlarining qurilish bosqichlari yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.
Viloyat hokimi tadbirkor-hunarmandlar bilan suhbatlashib, olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi lozimligiga alohida eʼtibor qaratdi. Masʼullarga qurilish jarayonlarini yanada jadallashtirish, obʼektlarni zarur qurilish materiallari va texnika vositalari bilan oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati








