Tayinlov
2024-05-23 12:35:00 / Yangiliklar
Dilmurod Ahmedov 1984-yilda Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti Oliy. Mutaxassisligi huquqshunos. 2-darajali adliya maslahatchisi.
Mehnat faoliyatini 2007-yilda Namangan viloyati adliya boshqarmasi shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boʻlimi katta maslahatchisi vazifasini bajaruvchilikdan boshlagan. Oʻtgan yillar davomida viloyat adliya boshqarmasida turli vazifalarda ishlagan. 2019-2021-yillarda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.
2021-yildan hozirga qadar Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan amalga oshirildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.
