Namangan viloyatidagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtdi
2024-05-25 10:05:00 / Yangiliklar

Bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi oʻgʻil-qizlarimizga yoʻllagan tabrigi oʻqib, eshittirildi.
“Ilm — saodat kaliti” shiori ostida oʻtgan tadbirlarda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, viloyat faollari, ota-onalar vakillari ishtirok etdilar.
Xususan, viloyat prokurori Umirbek Madraximov Namangan shahridagi 1-sonli, soliq boshqarmasi boshligʻi Shuhratali Imomov Namangan tumanidagi 18-umumtaʼlim maktabida yoshlarning quvonchiga sherik boʻlishdi.
Maʼlumot uchun: shu yilning oʻzida namanganlik 1 287 nafar bitiruvchi oʻquvchi IELTS hamda 891 nafar bitiruvchi milliy sertifikatiga ega boʻldilar. 1 157 nafar 11-sinf bitiruvchilari muddatidan avval xorijiy va yurtimizning nufuzli oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilindilar.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









