“Ipak yoʻli boʻylab turizm tarmoqlarini yaratish” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi | Netvorking, amaliy natija, turizm taraqqiyoti
2024-05-22 10:25:00 / Yangiliklar

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti GIZ va Namangan viloyati hokimligi hamkorligidagi tadbirda GiZning Oʻzbekistondagi rahbari Yoaxim Fris, Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sardor Niyazov, Qoraqalpogʻiston Vazirlar mahkamasi raisi oʻrinbosari Rasul Zarikeyev, vodiy viloyatlari hokim oʻrinbosarlari hamda 12 mamlakatdan kelgan 20 dan ortiq ekspertlar qatnashdilar.
Unda GiZning CTN-49 loyihasi taqdimot qilindi, kelgusi rejalar belgilandi.
Axsikentningistiqboldagi loyihalari taqdimot qilindi. U Turkiyaning Yediyildiz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, har bir zarrasigacha puxta zaminga egadir.
Sessiyada ToursmLab rahbari Temur Mirzayev tomonidan Chust brendingi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda hozirgacha qilingan ishlar haqida soʻz bordi. Uning keyingi bosqichlari boʻyicha kengashildi.
Turizm rivojida AyTi sohaning oʻrni boʻyicha yangi yondashuvlar tahlil etildi.
Media Departament




