Issiqxona — barqaror daromad manbai
2026-01-16 15:45:00 / Yangiliklar

Tumanning Ququmboy MMTP hududida tadbirkor Otabek Rahmonov tomonidan 1 gektar yer maydonida 1 milliard soʻm investitsiya hisobiga zamonaviy va koʻrkam issiqxona barpo etilgan. Mazkur issiqxonada ilgʻor agrotexnologiyalar asosida 30 ming tup pomidor, bodring hamda bulgʻor qalampiri koʻchatlari yetishtirilib, parvarishlanmoqda.
Issiqxona faoliyati natijasida 10 ta doimiy va 15 ta mavsumiy ish oʻrni yaratilgan. Mahsulotlar ichki bozorlarga muntazam ravishda yetkazib berilmoqda.
Viloyat hokimi mazkur issiqxona faoliyati, tadbirkorning kelgusidagi rejalari bilan tanishdi. Shuningdek, tajribani ommalashtirish, mahsulot yetishtirishni koʻpaytirish lozimligini taʼkidladi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









