Qish mavsumi: bolalarga yaratilgan sharoitlar eʼtiborda!
2026-01-12 13:50:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Uychi tumanidagi oʻrganishlari davomida 2-sonli DMTTda boʻldi.

Mazkur muassasada 12 ta guruhda 330 nafar bola tarbilanadi. Bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, issiqlik taʼminoti, autsorsing xizmati faoliyati bilan tanishildi.
Viloyat rahbari maktabgacha taʼlim tashkilotida shart-sharoitlarni yaxshilash boʻyicha mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati






