Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
2025-12-30 18:40:00 / Yangiliklar
Bugun Namangan viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan Ahmadaliyev Elyor Umaraliyevich tanishtirildi.

Yig‘ilishda viloyatdagi huquqni muxofaza etuvchi idoralar, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Namangan viloyati hokimi, fuqaro muxofazasi boshlig‘i Shavkatjon Abdurazzoqov tomonidan sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar bilan bartaraf etish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati






