Tanishing: Uychi tumani hokimi Abdullayev Muzaffar Abdug‘aniyevich!
2025-12-29 15:50:00 / Yangiliklar

Mehnat faoliyatini 2007-yilda Namangan viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i yordamchisi lavozimida boshlab, bosh iqtisodchi va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida, 2017-2019-yillar davomida Namangan shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri, 2019-2020-yillar davomida Namangan shahar hokimi o‘rinbosari, Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari hamda 2020-2021-yillar davomida viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur tayinlov Namangan viloyati hokimining tegishli qarori bilan amalga oshirildi. Qaror xalq deputatlari Uychi tumani kengashining bugun bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida maʼqullandi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati
