Tanishing: Yangi Namangan tumani hokimi Karabayev Adham Jakbaraliyevich!
2025-12-29 15:45:00 / Yangiliklar

Mehnat faoliyatini 2007-yilda “Elektrqishloqqurilish” OAJ 11-sonli mexanizatsiyalashgan jamlanma elektromontyorligidan boshlab, “Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda elektromontyor, muhandis, yetakchi muhandis, Namangan tumani elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi, "Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" direktori oʻrinbosari vazifalarida faoliyat olib borgan.
A. Karabayev mazkur tayinlovga qadar "Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Karabayev Adham Jakbaraliyevichni Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi tegishli qaror xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashining bugun boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati
