Mingbuloqda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
2025-12-28 21:20:00 / Yangiliklar
Mingbuloq tumanidagi Sherdor majmuasida Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bayram dasturxoni yozilib, soha fidoyilariga ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, dehqon va fermerlarni, mexanizatorlar hamda soha mutaxassislarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Bayram dasturi doirasida yil davomida yuqori natijalarga erishgan, tashabbuskor va namunali mehnati bilan ajralib turgan faollar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbir bayramona kayfiyatda, milliy dasturxon va samimiy suhbatlar ostida o‘tdi. El suygan san'atkorlar ijrosidagi kuy-qo'shiqlar barchaga birdek manzur bo'ldi.









