Ishlashni istagan imkon topadi, mehnati dalasida aks etib turadi
2024-05-14 08:35:00 / Yangiliklar

“Navoiy” MMTP hududidagi
“Aminjon Hasanov” fermer xoʻjaligida 32 gektar maydonga Xitoydan keltirilgan chigit ekilgan.
Bir tekisda undirib olingan nihollar birinchi ishlovdan soʻng baravj rivojlanmoqda. Ayni paytda dalada ishchi kuchidan unumli foydalanilyapti. Yagonalash yakunlanish arafasida. Izlanuvchan fermer dala chetlariga tok koʻchatlari oʻtqazib, parvarishlamoqda.
Viloyat rahbari “Akbarxon Abdugʻaffor oʻlkasi” xususiy korxonasi dala maydonida gʻoʻzani bargidan oziqlantirish maqsadida suspenziya tayyorlash jarayoni, chuqur yumshatish, yagonalash ishlarini koʻzdan kechirdi.
Agrotexnik tadbirlarni tezlatish, zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish masalasiga alohida eʼtibor qaratish yuzasidan topshiriq berdi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.








