Markazdan olis mahallada Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangi binoda faoliyat boshladi
2025-12-24 19:10:00 / Yangiliklar
Uchqo‘rg‘on tumanida investitsiya dasturi ijrosi doirasida "Elatan" mahallasidagi 43-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi muassasa 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan binoda bolajonlar uchun barcha sharoit va qulayliklar yaratilgan.
Muassasaning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, sohada faoliyat yuritayotgan mutasaddilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Taʼkidlanganidek, bunday zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasalarining barpo etilishi bolajaonlarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovini oshirish, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash hamda ota-onalar uchun qulayliklar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bayram arafasida qo‘shaloq quvonchga ega bo‘lgan bolajonlarga Yangi yil sovg‘alari topshirildi.
