Uychi tumanida aholining uy-joyga boʻlgan talab va ehtiyoji yuqori. Shu maqsadda koʻp qavatli turarjoy binolari va massivlar qurilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2025-12-24 14:30:00 / Yangiliklar
Tuman markazidagi Navoiy MFY hududida "Shaydulloxon pardoz qurilish" MCHJ tomonidan 7 qavatli 56 ta zamonaviy turarjoy binosi qad rostladi. Mazkur koʻp qavatli xonadonlar tez kunlarda oʻz egalariga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bogʻ MFY hududida “Atlant towles” MCHJ tomonidan 5 qavatli, 1, 2,3 xonali, 108 ta xonadondan iborat zamonaviy turarjoy binosi qad rostlamoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu koʻp qavatli uylarning qurilishi sifati, yaratiladigan shart-sharoitlar, kommunikatsiya tarmoqlari, obodonlashtirish ishlari bilan tanishib, masʼullarga zarur topshiriqlar berdi.
Uychi tumani hokimligi
Axborot xizmati






