Dual taʼlim: yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, chet tillarini o‘qitish masalalari eʼtiborda!
2025-12-23 15:50:00 / Yangiliklar

Ayni kunda mazkur dargohda 657 nafar o‘quvchilar 8 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqdalar. Politexnikumda dual taʼlim yo‘nalishida 6 ta korxona bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari qo‘shma taʼlim dasturlari asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Belorussiya bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, 156 nafar talaba traktorchi-mashinist yo‘nalishida taʼlim olmoqda.
Viloyat hokimi taʼlim mussasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalarining issiqlik bilan taʼminlanganlik holatini ko‘zdan kechirdi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashib, fikr-mulohazalari, takliflarini tingladi.
Shu yerda viloyat rahbari 2026-2030-yillarda tumandagi 4 ta politexnikumlarni rivojlantirish, Vyetnam, Germaniya, Finlyandiya, Xitoy kabi xorij tajribalarini ommalashtirish yuzasidan olib boriladigan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati






