Tirbandliksiz va xavfsiz shahar sari: Namanganda yana 30 ta zamonaviy avtobus foydalanishga topshirildi
2025-12-23 13:45:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz rahbarligida jamoat transporti sohasini takomillashtirishga qaratilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Namanganga yana 30 ta zamonaviy avtobus yetib keldi.
Bugun “Turon-95 MBI” MCHJ tomonidan olib kelingan, Xitoy Xalq Respublikasining “ZHONGTONG BUS” kompaniyasida ishlab chiqarilgan ushbu avtobuslar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.
Ishtirokchilar yangi avtobuslarning texnik imkoniyatlari, yo‘lovchilar, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur avtobuslar yaqin kunlar ichida eng muhim yo‘nalishlarda harakatni boshlaydi va Namanganda jamoat transporti xizmatini yangi bosqichga olib chiqib, aholiga yanada samarali, xavfsiz va qulay xizmat ko‘rsatilishini taʼminlaydi.






