Bugun Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni — “Hosil bayrami” munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
2025-12-21 22:30:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tabrik soʻzida qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, sugʻorish tizimlarini yaxshilash, bogʻdorchilik va uzumchilikni rivojlantirish, zamonaviy texnika va ilmiy yondashuvlarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilganini qayd etdi. Joriy yilda minglab gektar yer maydonlari qayta oʻzlashtirilib, kanallar rekonstruksiya qilindi hamda yuzlab yangi qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlari sohaga jalb etildi.
Tantanali marosimda bir guruh faollarga Namangan viloyati hokimining "Faxriy yorligʻi" va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbir davomida respublikamizning taniqli sanʼatkorlari - Xurshid Rasulov, Feruza Jumaniyozovalarning qoʻshiqlari bayramga oʻzgacha fayz bagʻishladi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









