Kasbiy taʼlim: yoshlarga hunar va til o‘rgatish, sharoit yaratish kerak!
2025-12-20 21:40:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, viloyat hokimi boshchiligida “Kasbiy taʼlim kengashi” tashkil etilib, unga sohaga aloqador rahbarlar hamda viloyatimizdagi yirik tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar rahbarlari aʼzo sifatida kiritilgan.
Selektor tarzida o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi mavjud kasbiy taʼlim muassasalari, yaʼni texnikumlar faoliyati har tomonlama tahlil qilindi.
Xususan, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlardan tortib, davomatgacha, kasb-hunarga o‘qitish, dual taʼlimning qay darajada yo‘lga qo‘yilgani, mehnat bozori uchun talabgir chet tillarni o‘qitish uchun xorijdan malakali mutaxassislarni jalb etishgacha bo‘lgan barcha masalalarga eʼtibor qaratildi.
Soha mutasaddilari, texnikumlar direktorlari, tumanlar hokimlarining hisobotlari tinglandi. Tanqidiy ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Viloyat hokimi kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha texnikumlar direktorlarining fikr-mulohazalarini ham eshitdi. Yakunda sohadagi ustivor vazifalar belgilab olindi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









