Seminar
2025-12-18 17:45:00 / Yangiliklar

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov joriy yil qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar, xususan, suv tejovchi vositalardan foydalanish ahamiyati va samarasi haqida to‘xtaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev so‘nggi yillarda suv taqchilligi nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb muammoga aylanayotganini taʼkidladi. Ushbu sharoitda qishloq xo‘jaligi ekinlarini kafolatli suv bilan taʼminlashda zamonaviy, suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini keng joriy etish muhim ahamiyat kasb etishini aytdi.
Seminarda quyosh panellari orqali ishlaydigan “KAVSAR” mobil sug‘orish tizimini amaliyotga joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mutaxassislar tomonidan ko‘rgazmada taqdim etilgan yangi qurilmaning ishlash mexanizmi, uning afzalliklari hamda mazkur texnologiyalarni joriy etishda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati









