Kosonsoy tumanida 24/7 rejimidagi ko‘cha tashkil etiladi
2025-12-18 13:30:00 / Yangiliklar

Loyihaga muvofiq, mazkur yo‘lning ikki tomoni kengaytirilib, zamonaviy savdo va servis shoxobchalari tashkil etiladi. Ushbu obyektlar 24 soat davomida aholi xizmatida bo‘ladi.
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu ko‘chada bo‘lib, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha takliflari bilan tanishdi. Shuningdek, nuroniylar va mahalla aholisi bilan suhbatlashib, kelajakda bu yo‘llar Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishini taʼkidladi.
Viloyat rahbari ushbu loyiha transport harakatidagi tirbandliklarni kamaytirish, piyodalar uchun qulay sharoit yaratish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etib, har bir obyekt bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, viloyat hokimi tumanning “Qorasuv” mahallasi hududida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishi bo‘yicha loyiha takliflari bilan ham tanishdi.
Kosonsoy tumani hokimligi
Axborot xizmati





