V Yoshlar para Osiyo o‘yinlarida Namangan sportchilari 20 ta medal bilan yurtga qaytdi
2025-12-15 12:15:00 / Yangiliklar

Musobaqalar yakuniga ko‘ra, Namangan viloyati sportchilari jami 20 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 6 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza medali bo‘lib, sportchilarimiz yurtimiz sha’nini munosib himoya qildilar.
Jumladan Para pauerlifting sport turi bo'yicha
Arzimatov Umidjon — 88 kg vazn toifasi oltin medal
Muhammadjonov Omadbek — +107 kg vazn toifasida 🥇oltin medal
Oktamova Ruxshona — 67 kg toifasida hamda aralash jamoaviy bahslarida 🥇oltin medal
Nematullayeva Gulyuz — 73 kg vazn toifasida 🥇oltin medal hamda aralash jamoaviy bahslarda 🥈kumush medal
Para yengil atletika sport turi bo'yicha
Boltaboyev Abdujalil — 400 metrga yugurish bahslarida 🥇oltin medal
Para pauerlifting sport turi bo'yicha
Ibragimov Jasurbek — +107 kg vazn toifasida🥈 kumush medal
Usmonjonov Xusniddin — 97 kg vazn toifasida hamda aralash jamoaviy bahslarida 🥈kumush medal
Para yengil atletika sport turi bo'yicha
Ahmadjanov Ziyobek — 800 metrga yugurish bahslarida🥈 kumush medal
Para suzish sport turi bo'yicha
Rasulov Muhammadfozil — 100 m erkin usulda, 100 m chalqancha, 100 m brass, 400 m erkin usuluda suzish bahslarida 🥈kumush medal hamda 50 m batterflyay bahslarida🥉bronza medal
Soliyev Abrorjon — 200 m kompleks va 400 m erkin usuluda suzish bahslarida 🥉bronza medal
Para pauerlifting sport turi bo'yicha
Abdumalikova Gulsanam — 73 kg vazn toifasida 🥉bronza medal
Abdumannobova Dilnavo — 67 kg vazn toifasida 🥉bronza medal
Namangan viloyati sportchilarining ushbu natijalari mamlakatimizda para sport turlariga bo‘lgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlarning yorqin samarasidir. Barcha sportchilarimizni va ularning murabbiylarini erishilgan yutuqlar bilan muborakbod etamiz!
Namangan viloyati sport boshqarmasi
Axborot xizmati









