Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida Namangan viloyati sportchilarining yorqin g‘alabalari!
2025-12-12 09:15:00 / Yangiliklar
Dubai shahrida davom etayotgan V Yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida Namangan viloyatidan qatnashayotgan qizlarimiz ketma-ket yuksak natijalarga erishib, yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarmoqda!

Para pauerlifting bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi, Namangan viloyati vakili Ruxshona O‘ktamova yoshlar o‘rtasida 67 kg vazn toifasida ishtirok etib, 120 kg natija bilan nafaqat oltin medalni qo‘lga kiritdi, balki Jahon rekordini ham o‘rnatdi!
73 kg vazn toifasida bahs olib borgan namanganlik Guluz Ne’matullaeva 105 kg natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va musobaqaning mutlaq g‘olibasiga aylandi.
Yana bir namanganlik sportchi, 67 kg vazn dasturida ishtirok etgan Dilnavo Abdumannopova 62 kg natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bu g‘alabalar — Namangan sportining kuchi, matonati va izchil rivojlanayotganidan dalolatdir!
Namangan viloyati sport boshqarmasi
Axborot xizmati


