Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi infratuzilmasi yangilanmoqda
2025-12-09 16:15:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chortoq tumanidagi o‘rganishlari doirasida tuman markaziy shifoxonasida bo‘ldi.

Ayni kunlarda shifoxona hududida katta hajmdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, avtoturargoh barpo etish, aholi uchun zamonaviy kutish zali hamda hududda yangi yashil maskanlar tashkil etish ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Mazkur hududda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Viloyat rahbari sifat va xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilish, amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini o‘z vaqtida va yuqori saviyada bajarish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Chortoq tumani hokimligi
Axborot xizmati





