Konstitutsiya bayrami arafasida Namangan tumanida yangi loyiha foydalanishga topshirildi
2025-12-06 12:30:00 / Yangiliklar
Bugun "Katta Toshbuloq" mahallasida joylashgan “TOSHBULOQ TEKS” MCHJda “Matolarni bo‘yash” mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

Yangi loyiha taqdimotida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda tuman jamoatchiligi vakillari, nuroniylar ishtirok etdilar.
“TOSHBULOQ TEKS” MCHJ da mato, to‘qish, bo‘yash, matolarga gul bosish va tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish olib boriladi. Korxonada 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Namangan tumani hokimligi
Axborot xizmati









