3 dekabr - Xalqaro nogironligi bor shaxslar kuni
2025-12-03 14:05:00 / Yangiliklar

Bugun Namangan shahridagi “Sherdor” tantanalar majmuasida oʻtkazilgan bayram tadbirida nogironligi bor hamyurtlarimizga yana bir bor eʼtibor koʻrsatildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tabrik soʻzida aholining
ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish koʻlami va turlarini kengaytirish boʻyicha olib borilayotgan tizimli ishlar haqida toʻxtaldi.
Ijtimoiy hayotda faol ishtirok etayotgan bir guruh yurtdoshlarimizga "Tashakkurnoma" hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
“Bir piyola choy” bahona dildan suhbatlashib, sanʼatkorlarning shoʻx kuy-qoʻshiqlariga raqsga tushgan ishtirokchilar koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar uchun minnatdorlik bildirdilar.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









