3 dekabr — xalqaro nogironlar kuni: yaxshilik va mehr-oqibat davom etmoqda!
2025-12-02 17:25:00 / Yangiliklar
Bugun Pop tumani “Volidam” tantanalar majmuasi yana bir necha yuzlab yuzlarda tabassum uyg‘otgan maskanga aylandi.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ehtirom va eʼtiborga boy tadbirda qatnashdi.
Tadbir jarayonida har bir ishtirokchiga maxsus sovg‘alar topshirilib, ularning ko‘nglini ko‘tarish, hayotga bo‘lgan ishonch va rag‘batini mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Bu kun — imkoniyati cheklangan insonlarga g‘amxo‘rlik va eʼtibor ko‘rsatish, jamiyatimizdagi hamjihatlik va insonparvarlik qadriyatlarini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
Pop tumani hokimligi
Axborot xizmati






