«Namangan turizmi - taraqqiyot etaloni.
2025-11-29 11:25:00 / Yangiliklar
Har bir yo‘nalishda puxta strategiya orqali ish tashkillangani sayyohlar oqimini orttirmoqda. Rasmiy statistika 2025 yilning 11 oyida 1,5 million xorijlikni viloyatga kelganini ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsakich Farg‘ona vodiysida O‘sh, Jalolobod, Farg‘ona, Andijon va Xo‘jandning qo‘shma statistikasidan ham ko‘pdir», - Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti - GiZ loyiha rahbari Beate Shorayt xonim turizm salohiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Zolingen-Namangan hamkorligi, Axsikent brendingi, Farg‘ona vodiysi jamoat turizm tarmog‘i - CTN bo‘yicha ishlar muzokara nuqtasi bo‘ldi.
Xalqaro turizm ekspertlari Mixail Shamshidov, Temur Mirzayev va Ulan Dunabayevlar bilan MICE turizm, ekoturizm, mintaqalar hamkorligi bo‘yicha qilinadigan ishlar belgilab olindi.
Dunyoga mashhur turk oshpazi Yeshil Ixsan bilan gastroturizm rivojlantirish masalalari muhoka qilindi.
TITF-2025 maydonida 2026 yilda sayyohlarga taqdim etiladigan tadbirlar dasturi, Axsikent arxeologiya parkida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
