Yaponiyada bo‘lib turgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Xirosima prefekturasining amaldagi gubernatori Xidexiko Yuzaki bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
2025-11-27 22:05:00 / Yangiliklar

Tomonlar sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalari, qishloq xo‘jaligi, innovatsion texnologiyalar almashinuvi va turizm yo‘nalishlarida amaliy hamkorlik bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqdilar. Yapon tomoni Namangan viloyatidagi investitsiya muhiti, logistika imkoniyatlari va sanoat infratuzilmasini yuqori baholab, hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida ikki hudud rahbarlari o‘zaro aloqalarni institutsional darajada mustahkamlash, doimiy ishchi guruhlar tuzish, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasida muntazam uchrashuvlar tashkil etish borasida kelishib oldilar.
Mazkur uchrashuv Namangan va Xirosima o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.



