Namanganda “Buyuk Ipak yoʻli” xalqaro voleybol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda
2025-11-24 09:05:00 / Yangiliklar

Xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirokchilar va mehmonlarga tabrik soʻzini yoʻllab, barcha jamoalarga omad tiladi. Shuningdek, marosimda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari ham ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli turnirda CAVA — Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasiga aʼzo davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlaridan tashkil topgan kuchli jamoalar kuch sinashmoqda. Xususan, mamlakatimizning turli hududlari hamda Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan tashrif buyurgan 120 nafardan ortiq mahoratli sportchilar ishtirok etmoqda.
Mazkur turnir Namangan uchun ham, mintaqa sporti uchun ham katta tajriba va yuqori darajadagi xalqaro maydon vazifasini oʻtaydi.
Xalqaro musobaqa 28 noyabrga qadar davom etadi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati









