Moʻgʻulistondan keltirilgan qoʻylar Yangiqoʻrgʻon iqlimiga moslashmoqda
2025-11-21 18:30:00 / Yangiliklar

Maʼlumki, Moʻgʻuliston qoʻylari yaylov holatida boqishga moʻljallangan. Yangiqoʻrgʻonlik tadbirkorlar buning ham yoʻlini topishdi: qoʻylarning bosh qismiga maxsus himoya vositalari kiydirib qoʻyilsa, bogʻ qator oralarida daraxtlarga shikast yetkazmasdan, oziqlanadi. Izlanuvchan tadbirkorlar internetdan shu usulni oʻrganib, amalda qoʻllayaptilar.
Hozir tumandagi 2 ta chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari tomonidan 1085 bosh zotli qoʻylar olib kelinib, 2029 yil yakuniga qadar ular sonini 10 ming boshga yetkazish belgilangan.
Jumladan, “Joʻra Oxunov Sharq Yulduzi” agrofirmasi hududidagi “Nurafshon yurt chorvasi” fermer xoʻjaligida Moʻgʻulistondan olib kelingan 500 bosh zotli qoʻylar parvarishlanmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangiqoʻrgʻon tumanidagi oʻrganishlari davomida ayni masalaga ham eʼtibor qaratdi. Bu boradagi ishlarni davom ettirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Tumanning iqlim sharoitiga tez moslashuvchan ushbu qoʻylar zoti goʻsht va jun yetishtirishga moʻljallangan.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









