Chortoq tumanida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda chorvachilik salohiyati kengaytirilmoqda
2025-11-21 12:20:00 / Yangiliklar

Dastlab chorvachilik sohasidagi amaliy ishlarga eʼtibor qaratildi.
Bugungi kunda tumandagi fermer xoʻjaliklarida jami 134 400 bosh qora mol boqilmoqda. Shundan 71 200 boshi — yirik shoxli, 63 200 boshi — mayda shoxli chorva hisoblanadi. Bu koʻrsatkichlar tumanda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va chorva mahsulotlari tanqisligining oldini olishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Xususan, "Adashev Ravshanbek Adhamovich" koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligida hozirgi kunda 80 bosh mahalliy zotli qoramol parvarishlanmoqda. Xoʻjalikda chorva bosh sonini koʻpaytirish, mahsuldorlikni oshirish va ozuqa bazasini mustahkamlash boʻyicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Viloyat hokimi chorvachilikni oziq-ovqat xavfsizligining asosiy poydevori sifatida rivojlantirish zarurligini taʼkidlab, fermerlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va mahsuldor zotlar ulushini oshirish boʻyicha vazifalarni belgilab berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati





