NAMANGANDA III XALQARO “ZOTDOR HAYVONLARI VA PARRANDALARI” KO‘RGAZMASI O‘TKAZILADI
2025-11-20 22:20:00 / Yangiliklar
Namangan viloyatida chorvachilik va parrandachilik sohasining eng sara vakillari ishtirokida III Xalqaro “Zotdor chorva hayvonlari va parrandalari” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. (https://t.me/namtourism)

Sana: 2025-yil 22-noyabr
Joy: Namangan viloyati, Yangi Namangan tumani, “Yoshlik baraka” chorva hayvonlari bozori.
Soat 9:00 da kuramiz.
Tadbirda quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha eng munosib ishtirokchilar aniqlanadi:
Eng zotdor buqa
Eng zotdor ot
Eng zotdor qo‘y
Eng zotdor parranda
Ko‘rgazma chorvachilik sohasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, mahalliy va xorijiy seleksiya yutuqlarini namoyish etish, hamda soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tadbir doirasida shuningdek turli ko‘rgazmali chiqishlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Barcha soha mutaxassislari va chorvachilik ixlosmandlari tadbirda ishtirok etishga taklif etiladi.









