Davlat mukofotlari egalariga tantanali ravishda topshirildi
2025-11-10 19:50:00 / Yangiliklar

Bugun Namangan shahridagi «Maʼrifat maskani»da ushbu mukofotlarni topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tabrik soʻzida Prezidentimiz rahbarliklarida tibbiyot rivojiga qaratilayotgan eʼtibor haqida toʻxtalib, soha xodimlarining sharafli va masʼuliyatli mehnatlarini eʼtirof etdi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni oʻqib, eshittirilib,
Namangan viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazining anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimi mudiri Akbarov Murat Turgunovichga II darajali «Sogʻlom avlod uchun» ordeni,
Pop tumanidagi «Muruvvat» nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi katta hamshirasi Turdaliyeva Dilfuza Mamadaliyevnaga «Doʻstlik» ordeni,
Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 61-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori Kamolova Xulkarxon Sadriddinovnaga «Sogʻlom turmush» medali,
Respublika tez tibbiy yordam markazining Chust tumani boʻlimi «Axcha» punkti haydovchisi Ashurov Abdugʻafor Gʻulomovichga «Shuhrat» medali tantanali ravishda topshirildi.
Maʼlumot uchun: I darajali «Salomatlik» ordeni bilan mukofotlangan Respublika tez tibbiy yordam markazining Yangi Namangan tumani boʻlimi feldsheri Nazarov Abdukayum Abduxalilovich mamlakatimiz poytaxtida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda taqdirlandi.
Namangan viloyati hokimligi
Axboprot xizmati









