Yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot oʻtkazildi
2025-11-08 23:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, tegishli boshqarma va tashkilotlar masʼullari ishtirok etdi.
Ochiq muloqotda 100 nafardan ortiq yoshlar oʻz murojaat va takliflarini bayon etdilar.
Muloqot davomida bildirilgan takliflar boʻyicha yoshlarning hayotda oʻz yoʻllarini topishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berish eng muhim vazifa ekani taʼkidlandi.
Maʼlumotlarga koʻra, viloyatda 3 987 nafar yosh huquq-tartibot va mudofaa idoralarining 403 nafar masʼul xodimiga biriktirilgan. Maqsad — ular bilan doimiy muloqot qilish, muammolarini eshitish va yechim topish.
Shuningdek, yoshlar tomonidan koʻtarilgan 1 805 ta muammodan 96,6 foizi hal etilgani bildirildi.
Yoshlarning taklif va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi hamda koʻtarilgan masalalarni hal etish boʻyicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









