Kosonsoy tumanida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
2025-11-07 13:00:00 / Yangiliklar

Xususan, tumanning "Namuna" kichik sanoat zonasida "TERRY JAR TEXTILE" MCHJ tomonidan qiymati 7 mln. AQSH dollarini tashkil etgan loyiha doirasida Turkiya texnologiyasi asosida paypoq mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. U toʻliq ishga tushgach, 250 nafar aholi doimiy ish oʻrni bilan taʼminlanadi.
"YANGIYUL JUICE FACTORY" MCHJ tomonidan umumiy qiymati 15 mln. dollar boʻlgan mevani qayta ishlash va bolalar ozuqalarini ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha yakuniga yetgach, 200 nafardan ortiq doimiy ish oʻrinlari yaratiladi.
Xuddi, shuningdek, "FIRDAVS OZOD DIYORI" MCHJ tomonidan umumiy qiymati 10 mlrd. soʻm boʻlgan polietilen truba ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilib, 30 nafardan fuqaroning bandligi taʼminlangan.
"Namuna broyler" MCHJ tomonidan tashkil etilayotgan 1 mln. AQSH dollarilik parrandachilik loyihasi asosida yiliga 4,5 ming tonna parranda goʻshti yetishtirilishi evaziga 20 nafardan ortiq ish oʻrinlari barpo etiladi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun "Namuna" kichik sanoat zonasida boʻlib, qurilish ishlari, olib kelingan yangi texnologiyalar va kelgusi rejalar bilan tanishdi.
Kambagʻallikdan farovonlik sari dasturi doirasida har bir loyihaning oʻz oʻrni va ahamiyati borligini, jarayonlarni tezlashtirish lozimligini taʼkidladi.
Kosonsoy tumani hokimligi
Axborot xizmati









