«Sinergiya» raqamli kasblar texnikumi — ta’limda yangi bosqich
2025-11-06 21:35:00 / Yangiliklar
Namanganda yoshlarni IT soha mutaxassislari sifatida tayyorlashda muhim o‘rin tutayotgan «Sinergiya» raqamli kasblar texnikumiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Xilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Xusanov hamda viloyat hokimining o‘rinbosari Otabek Bozarov tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlarga «Sinergiya» Korporatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Axunbabayev va texnikum direktori Valentina Borisova tomonidan qo‘shma ta’lim dasturlari, yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy IT infratuzilma, IT o‘quv kurslari hamda Sinergiya dasturchilari tomonidan amalga oshirilayotgan xizmatlar eksporti haqida taqdimot o‘tkazildi.
Shuningdek, Toshkent shahri va boshqa viloyatlarda Sinergiya filiallarini ochish jarayonlari boshlangani haqida ma’lumot berildi.
Mehmonlar texnikum faoliyati va yoshlar bilan ishlash tizimini yuqori baholab, kelgusi loyihalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdilar.





