“Lazgi” II xalqaro raqs festivalini tashkil etish va o‘tkazish haqidagi matbuot anjumani PRESS-RELIZI
2024-04-06 17:45:00 / Press-relizlar

“Lazgi” II xalqaro raqs festivalini tashkil etish va o‘tkazish haqidagi matbuot anjumani
PRESS-RELIZi
Toshkent shahar 2024-yil, 8-aprel
25-30-aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahrida “Lazgi” II xalqaro raqs festivali bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 8-aprel kuni Madaniyat vazirligida mazkur nufuzli tadbirni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida jamoatchilikka axborot berish maqsadida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-sentyabrdagi
PQ-4843-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi belgilangan ishlar sarhisob qilindi.
Qayd etish kerakki, YUNESKO shafeligida o‘tkazilayotgan “Lazgi” II xalqaro raqs festivalida bugunga qadar 18 ta davlatdan (Fransiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Belarus, Rossiya, Turkiya, Qirg‘iziston, Serbiya, Braziliya, Pokiston, Italiya, Koreya, Indoneziya, Misr, Hindiston, Ozarbayjon, Eron) 20 ta raqs guruhlarining festivalga ishtirok etish istagini bildirilgan. Misr, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston madaniyat vaziri hamda AYSESKO bosh direktori festivalda Faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi kutilmoqda. Ayni vaqtga qadar 5 ta (Germaniya, Koreya, O‘zbekiston, AQSH, Qozog‘iston) davlatdan hakamlikka nomzodlik uchun ariza kelib tushgani, “Lazgi” xalqaro raqs festivalini doirasida tashkil etiladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun 50 ga yaqin mahalliy olimlarning, 25 dan ortiq xorijiy olim va soha vakillari, xususan: Hindiston; XXR (oflayn); AQSH (oflayn); Rossiya (oflayn); Turkiya (oflayn); Misr (oflayn); Qozog‘iston va boshqa davlat vakillaridan festivalda ishtirok etish to‘g‘risida murojaat kelib tushgani ma’lum qilindi.
Festivalning ochilish marosimi 25-aprel kuni tantanali ravishda tashkil etilishi va taniqli san’atkorlar ishtiroki rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun:
2022-yili Xorazm viloyatining Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan “Lazgi” xalqaro raqs festivali dunyoning 30 davlatidan 175 dan ziyod iste’dodli raqqosalar, professional raqs jamoalar, raqs san’ati ustalari, musiqashunos va san’atshunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaxassislar, faxriy mehmonlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 99 368 98 77
