“Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali haqida PRESS-RELIZ
2024-08-29 14:50:00 / Press-relizlar
Samarqand shahri 2024-yil, 26–30- avgust
YUNESKO shafeligida 26-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tdi.
“Sharq taronalari” Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi. Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad milliy musiqa san’atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.
1997-yilda tashkil etilib, ilk marotaba o'tkazilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida 31 ta davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan bo‘lsa 2019-yilda o‘tkazilgan XII “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 75 taga yetgan.
2024-yilning 26-30-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalida dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlaridan 300 nafarga yaqin vakillar qatnashishdi.
26–avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, 400 nafardan ziyod san’atkor, olimlar va vakillar qatnashishdi.
Festivalning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi. Nutqi davomida “Sharq taronalari” festivali, mohiyat e’tiboriga ko‘ra, bugungi kunda “jahon taronalari” anjumaniga aylanganini ta’kidladi.
Shuningdek, Davlat rahbari xalqlar o‘rtasida do‘stlik va ahillikni mustahkamlash, musiqiy merosni o‘rganish va kelgusi avlodlarga yetkazish masalalariga e’tibor qaratdi. Shu nuqtai nazardan, “Sharq taronalari” festivali tarixi va musiqa madaniyatiga doir ma’lumotlarni o‘zida mujassam etadigan alohida ensiklopediya va uning virtual shaklini yaratish, anjumanning xalqaro “Do‘stlar klubi”ni tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Festivalning g‘olib va sovrindorlari ishtirokida dunyo mamlakatlarining nufuzli sahnalarida konsert dasturlarini o‘tkazish taklifi bildirildi.
27-28-avgust kunlari “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyaga ilk bora 32 ta xorijiy davlatlardan 50 nafardan ziyod sohaning eng yetuk mutaxassislari, jumladan musiqashunos, folklorshunos, madaniyatshunos olimlar, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va xalqaro ilmiy tadqiqot institutlari hamda ilmiy-ijodiy markazlar rahbarlari ishtirok etishdi.
Shuningdek, Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada,
Turkiy davlatlar ya’ni, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, O‘zbekiston davlatlarining san’at universitetlari rektorlari ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish bo‘lib o‘tdi. Yig’ilish so‘ngida TURKSOY qoshidagi “Turkiy davlatlar san’at universitetlari ittifoqi” rezolyutsiyasi qabul qilindi.
Shuningdek, Xitoy, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Gambiya, Ummon va Iordaniya davlatlaridagi oliy o‘quv yurtlari, xalqaro ilmiy ilmiy tadqiqot markazlari yetakchilari o‘rtasida jami 12 ta o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Qisqa vaqt ichida anjumanga jahon xalqlari musiqasi tarixi, ijro uslublari, falsafiy-estetik tamoyillari, musiqa ta’limi, sohadagi muammo va yechimlarga oid 100 dan ortiq maqolalar keldi. Maqolalar jamlanib, “Maqolalar to‘plami” nashr etilib, barcha konferensiya ishtirokchilari va faxriy mehmonlarga sovg‘a qilindi.
Mualliflar orasida Germaniya, Fransiya, AQSH, Yaponiya, Misr Arab Respublikasi, Buyuk Britaniya, Malayziya, Hindiston, Eron, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon kabi davlatlardan yetuk olimlar va tadqiqotchilarning borligi ilmiy-amaliy konferensiyaning ahamiyatini yanada oshirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi, YUNESKO, Xalqaro festivallar direksiyasi, “TURKSOY” xalqaro madaniyat tashkiloti, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti bilan hamkorlikda Sharq xalqlari musiqa san’ati an’analarini asrash va rivojlantirish, o‘zbek milliy musiqa va maqom san’atini yanada keng targ‘ib qilish, uning ilmiy - amaliy tamoyillarini o‘rganish borasida amalga oshirayotgan ishlar samaradorligini oshirish va qo‘llab – quvvatlash hamda uning madaniyatlararo muloqot maydonlarini yanada kengaytirish maqsadida, rezolyutsiya qabul qilindi.
Shuningdek, 27-28-avgust kunlari (soat 19:00da) “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyurgan 27 ta davlat (O‘zbekiston, Latviya, Yaponiya, Gretsiya, Turkmaniston, Hindiston, Eron, Qozog'iston, Nigeriya, Sudan, Ozarbayjon, Mongoliya, Bolgariya, Malayziya, Fransiya, Rossiya, Vengriya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Libiya, Armaniston, Indoneziya, Pokiston, Xitoy, Misr, Kolumbiya, Mali) ning 50 ga yaqin guruh va xonandalar ishtirokchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazilib, Xalqaro hay’at tomonidan tanlov ishtirokchilarining chiqishlari baholandi.
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan kam bo‘lmagan tarkibda Xalqaro hay’at tuzildi.
Xalqaro hay’at a’zolari quyidagilar:
Ozarbayjon Respublikasi - Sahib Pashazade, Iroq - Furat Al-Qadduori, Mo‘g‘uliston - Danzan Enkhtsetseg, Qozog‘iston - Arman Nurmakhamatuly, Turkiya - Cihan Yurtchu, Koreya Respublikasi - Noh Tae Cheol, O‘zbekiston Respublikasi - Toir Qo‘ziyev.
Xalqaro hay’atga yuqori malakali xorijiy va mahalliy musiqashunos olimlar, taniqli san’atkorlar, kompozitorlar va bastakorlar, xorijiy davlatlardagi xalqaro san’at festivallari tashkilotlarining vakillari taklif etildi.
Baholash jarayonida qo‘shiqlarning milliyligi, she’rlarning ohang bilan mutanosibligi va mazmundorligi, qatnashchining ijro saviyasi, kiyinish madaniyati va sahna harakati tanlovning asosiy mezonlari hisoblandi.
29-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, g‘oliblar e’lon qilinib taqdirlandi.
Tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
“Gran-pri” — 10 000 AQSH dollari;
I o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 2 x 5 000 — 10 000 AQSH dollari;
II o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha ) 2 x 3 500 — 7 000 AQSH dollari;
III o‘rin (har bir yo‘nalish bo‘yicha) 3 x 2 000 — 6 000 AQSH dollari;
Tanlovda qatnashgan va sovrindor bo‘lmagan ishtirokchilarga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali diplomanti diplomi berildi.
Tashkilotchi, ijodiy uyushmalar, jamg‘armalar va boshqa tashkilotlarning mustaqil hay’at a’zolari va muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan ishtirokchilar “Eng yosh ishtirokchi”, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholg‘u musiqasi ijrochisi” kabi nominatsiyalar va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha maxsus diplom hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Festivalning har bir qatnashchisiga “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali faol ishtirokchisi sertifikati berildi.
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida 1997-yildan 2019-yilga qadar g‘oliblar (I va XII festivallar) roʻyxati
"Sharq taronalari" I xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 1997-yil |
|||
Egallagan oʻrni |
Ismi-familiyasi |
Qaysi davlatdan |
Mukofotlar (AQSH $) |
Gran pri |
Simara Imanova |
Ozarbayjon |
10.000 |
1-oʻrin |
Munojat Yo'lchiyeva |
O'zbekiston |
5000 |
Shannu Khurana |
Hindiston |
5000 |
|
2-oʻrin |
Se Liin |
Xitoy |
3500 |
Shahrom Noziriy |
Eron |
3500 |
|
3-oʻrin |
Aleksandr Samojikov |
Rossiya |
2000 |
B.Ganbat |
Moʻgʻuliston |
2000 |
|
Ramazan Stamgaziyev |
Qozogʻiston |
2000 |
|
Hakamlarning maxsus sovrini |
Turkmaniston musiqiy guruhi |
"Neksiya" avtomobili |
|
Misr milliy musiqa ansambli |
|||
YUNESKO sovrini |
Afgʻoniston musiqiy guruhi |
||
"Sharq taronalari" II xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 1999-yil |
|||
Gran pri |
Nasiba Sattorova |
Oʻzbekiston |
10.000 |
1-oʻrin |
Muhammad Omon |
Saudiya Arabistoni |
7000 |
Yun Kong Son |
Koreya |
7000 |
|
2-oʻrin |
“Lashari” ansambli |
Gruziya |
5000 |
Jaspinder Narula Xonim |
Hindiston |
5000 |
|
3-oʻrin |
Olim Boboyev |
Tojikiston |
2000 |
Ustod Ali Hamidxon |
Pokiston |
2000 |
|
"Sharq taronalari" III xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2001-yil |
|||
Gran pri |
- |
- |
- |
1-oʻrin |
Alim Gasimov |
Ozarbayjon |
7000 |
Sohibjon Niyozov |
Oʻzbekiston |
7000 |
|
Abdunabi Ibrohimov |
Oʻzbekiston |
7000 |
|
2-oʻrin |
“Lashari” ansambli |
Gruziya |
5000 |
Madkhushri Ramsonder Badaltjavhariy |
Hindiston |
5000 |
|
3-oʻrin |
Milliy musiqa ansambli |
Gretsiya |
3000 |
Nohide Tokguz |
Turkiya |
3000 |
|
YUNESKO sovrini |
"Altay" guruhi |
Rossiya |
1000 |
"Музыканты" guruhi |
Qirgʻiziston |
1000 |
|
Festival tashkiliy qoʻmitasi sovrini |
"Angan al-Shabab" |
Misr |
Maxsus mukofot |
"Sharq taronalari" IV xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2003-yil |
|||
Gran pri |
"Uranhay” ansambli |
Rossiya (Tuva Respublikasi) |
10.000 |
1-oʻrin |
Dilnura Mirzaqulova |
Oʻzbekiston |
7000 |
Fozil Jamshidiy |
Eron |
7000 |
|
2-oʻrin |
Ozoda Ashurova |
Tojikiston |
5000 |
Zabit Nabizade |
Ozarbayjon |
5000 |
|
3-oʻrin |
Milliy musiqiy ansambl |
Afgʻoniston |
3000 |
An'anaviy musiqiy ansambl |
Bangladesh |
3000 |
|
YUNESKO sovrini |
Abduhoshim Ismoilov |
Oʻzbekiston |
1000 |
Musiqiy ansambl |
Hindiston |
1000 |
|
Roman Kehman |
Isroil |
1000 |
|
"Sharq taronalari" V xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2005-yil |
|||
Gran pri |
- |
- |
- |
1-oʻrin |
Aygun Biylar |
Ozarbayjon |
7000 |
Nodira Pirmatova |
O'zbekiston |
7000 |
|
2-oʻrin |
"Viulan" guruhi |
Italiya |
5000 |
Quvayt musiqa akademiyasi torli cholg'ular ansambli |
Quvayt |
5000 |
|
Urna Chahar Tuhchi |
Moʻgʻuliston |
5000 |
|
3-oʻrin |
Koreys musiqiy guruhi |
Janubiy Koreya |
3000 |
Shilpakala Akademiyasi musiqiy guruhi |
Bangladesh |
3000 |
|
"Nazaret" orkestri |
Isroil |
3000 |
|
Hakamlarning maxsus sovrini |
Milliy musiqa ansambli |
Misr |
2000 |
YUNESKO maxsus sovrini |
Xanif Nabizoda |
Afgʻoniston |
1500 |
"Sharq taronalari" VI xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2007-yil |
|||
Gran pri |
Quvayt musiqa instituti guruhi |
Quvayt |
10.000 |
1-oʻrin |
Janubiy Koreya musiqa instituti guruhi |
Janubiy Koreya |
7000 |
2-oʻrin |
"An-Nil" milliy musiqa cholg'ulari guruhi |
Misr |
5000 |
Musiqa guruhi |
Italiya |
5000 |
|
3-oʻrin |
"Ratang" guruhi |
Keniya |
3000 |
"Seri Maharani Gazal" guruhi |
Malayziya |
3000 |
|
Xitoy milliy yoshlar markazi guruhi |
Xitoy |
3000 |
|
YUNESKO sovrini |
Eng yosh ishtirokchi Arzu Aliyeva |
Ozarbayjon |
2000 |
"Sharq taronalari" VII xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2009-yil |
|||
Gran pri |
Turkmanistonda xizmat ko'rsatgan artist Lale Begnazarova |
Turkmaniston |
10.000 |
1-oʻrin |
Gochag Askerov |
Ozarbayjon |
7000 |
O'zbekiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva va xalq cholg'ulari ansambli |
Oʻzbekiston |
7000 |
|
2-oʻrin |
"Vinalog" rok-pop guruhi |
Janubiy Koreya |
5000 |
"Shem Tov Levi" ansambli |
Isroil |
5000 |
|
3-oʻrin |
Davlat musiqiy san'at instituti xalq cholg'ulari ansambli |
Quvayt |
3000 |
Laura Molika |
Italiya |
3000 |
|
Hakamlarning maxsus sovrini |
"Kunsu" operasi artistlari |
Xitoy |
|
"Borte" guruhi |
Moʻgʻuliston |
||
"Big Mountain" guruhi |
AQSh |
||
Musiqiy guruh |
Hindiston |
||
"Shilpakala" musiqiy akademiyasi milliy ansambli |
Bangladesh |
||
"Sharq taronalari" VIII xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2011-yil |
|||
Gran pri |
"Park Jong-Vuk va Park Jonguk" |
Janubiy Koreya |
10.000 |
1-oʻrin |
"Dunhuang nude vords" |
Xitoy |
7000 |
"Aysva" |
Litva |
7000 |
|
2-oʻrin |
"Lider" musiqiy guruhi |
Rossiya |
5000 |
"Sato" musiqiy guruhi |
Oʻzbekiston |
5000 |
|
"Ovoi mehriboni" musiqiy guruhi |
Eron |
5000 |
|
3-oʻrin |
"Talilema" |
Madagaskar |
3000 |
"Chvenburebi" |
Gruziya |
3000 |
|
"Galkinish" guruhi |
Turkmaniston |
3000 |
|
YUNESKOning maxsus sovrini |
Ilyos Arabov |
Oʻzbekiston |
|
Jivan Gasparyan |
Armaniston |
||
Nazeket Teymurova |
Ozarbayjon |
||
Milliy musiqa rivojiga qo'shgan hissasi uchun |
"Huk Mongol" |
Moʻgʻuliston |
|
"Dror" |
Isroil |
||
"Yorqin ijrolar" |
|||
"Varsi brazers" |
Hindiston |
||
Muxlislar e'tirofi |
"Hidden Dragen" |
Yaponiya |
|
Samarqand shahar hokimiyatining "Samarqand" mukofoti |
Afgʻoniston san'at instituti jamoasi |
||
Samarqand viloyat hokimiyatining "Registon" mukofoti |
Xurshed Ibragimov |
Tojikiston |
|
Hakamlar hay'atining maxsus mukofoti |
"Bogʻ aro" |
Oʻzbekiston |
|
"Sharq taronalari" IX xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2013-yil |
|||
Gran pri |
Rashmiya Agarval |
Hindiston |
10.000 |
1-oʻrin |
"Sadoi Pamir" guruhi |
Afgʻoniston |
7000 |
"Lanaya" guruhi |
Burkino Faso |
7000 |
|
2-oʻrin |
"Pentan" guruhi |
Buyuk Britaniya |
5000 |
"Sarihyun Gayageum Byungchangdan" guruhi |
Koreya Respublikasi |
5000 |
|
Milliy opera va drama teatri jamoasi |
Xitoy |
5000 |
|
3-oʻrin |
Abror Zufarov |
Oʻzbekiston |
3000 |
"Chikuyusha" guruhi |
Yaponiya |
3000 |
|
Catch-pop String-strong |
Avstriya |
3000 |
|
Maxsus mukofot sovrindorlari |
Sanam Marvi |
Pokiston |
|
Galit Giat |
Isroil |
||
Taul Triini |
Estoniya |
||
Nadi Singapura |
Singapur |
||
Salomat Ayapov |
Qoraqalpog'iston |
||
Sedar Hills |
AQSh |
||
"Sharq taronalari" X xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2015-yil |
|||
Gran pri |
"Jiangsu" ayollar orkestri |
Xitoy |
10.000 |
1-oʻrin |
"Shamisenʼ guruhi |
Yaponiya |
7000 |
2-oʻrin |
Chelm |
Polsha |
5000 |
Silver Sepp |
Estoniya |
5000 |
|
3-oʻrin |
"Quelite" |
Kosta-Rika |
3000 |
YUNESKOning maxsus sovrini |
"Ayqulash yulduzlari" |
Oʻzbekiston |
1500 |
Samarqand shahar hokimiyatining mukofoti |
Didgori |
Gruziya |
|
Samarqand viloyat hokimiyatining mukofoti |
"EVA" ansambli |
Bolgariya |
|
Hakamlar hay'atining maxsus mukofoti |
Afrika ovozlari |
JAR |
|
"Sharq taronalari" Festival Direksiyasi mukofoti |
Birjan Baziljanov |
Qozogʻiston |
|
Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi mukofoti |
"Sedaa" |
Moʻgʻuliston |
|
Maxsus mukofotlar |
Pung Ryu |
Koreya Respublikasi |
|
Lingua Franca ansambli |
Gretsiya, Kipr |
||
"Baxshi" triosi |
Turkmaniston |
||
"Laus Nova" guruhi |
Italiya |
||
Yulduz Turdiyeva |
O'zbekiston |
||
"Buta" jamoasi |
Ozarbayjon |
||
Ucell Aloqa kompaniyasining maxsus mukofoti |
Modern Maori Quartet |
Yangi Zenlandiya |
|
"Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2017-yil |
|||
Gran pri |
Sohib Poshazoda |
Ozarbayjon |
10.000 |
1-oʻrin |
Mohichehra Shomurodova |
Oʻzbekiston |
7000 |
"Keosong" xalq badiiy jamoasi |
Janubiy Koreya |
7000 |
|
2-oʻrin |
Qirgʻiz badiiy jamoasi |
Qirgʻiziston |
5000 |
Litva badiiy jamoasi |
Litva |
5000 |
|
3-oʻrin |
"Nagesh" badiiy jamoasi |
Eron |
3000 |
Indonez badiiy jamoasi |
Indoneziya |
3000 |
|
Turk badiiy jamoasi |
Turkiya |
3000 |
|
"Sharq taronalari" XII xalqaro musiqa festivalida mukofotlanganlar roʻyxati. 2019-yil |
|||
Gran pri |
Mehrinigor Abdurashidova |
Oʻzbekiston |
10.000 |
1-oʻrin |
"Qomuzchilar" dueti |
Qirgʻiziston |
5000 |
Parviz Gasimov |
Ozarbayjon |
5000 |
|
2-oʻrin |
"Archabil" guruhi |
Turkmaniston |
3500 |
"Xatan" guruhi |
Moʻgʻuliston |
3500 |
|
3-oʻrin |
"Ayarxan" guruhi |
Rossiya |
2000 |
"Badaxshon" guruhi |
Tojikiston |
2000 |
|
Azizjon Abduazimov |
Oʻzbekiston |
2000 |
|
Ulugʻbek Elmurodzoda |
Oʻzbekiston |
2000 |
Izoh: Madaniyat vazirligining https://t.me/madaniyatvazirligi rasmiy telegram sahifasida #Sharq_taronalari xeshtegi asosida qo‘shimcha m’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.