Namanganda bo‘lib o‘tadigan “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” haqida PRESS-RELIZ
2026-06-23 08:00:00 / Press-relizlar

Namangan shahri 2026-yil, 23–26-iyun
23–26-iyun kunlari Namangan viloyatining Namangan shahrida YUNESKO va AYSESKO shafeligi ostida “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan anjumanda dunyoning 83 ta xorijiy davlat va xalqaro tashkilotlaridan 230 nafardan ortiq vakillarning ishtiroki kutilmoqda.
Jumladan, Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (AYSESKO) Bosh direktori doktor Salim Muhammad Al-Malik, YUNESKO Ijroiya kengashi raisi Nosir Hamad Hinzab, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY Bosh kotibi Sultanboy Rayev hamda Turkiy madaniyat va meros fondi prezidenti Aktoti Raimqulova forumning faxriy mehmonlari sifatida ishtirok etadilar.
Shuningdek, Turkiya Respublikasining sobiq Bosh vaziri, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirimning tashrifi ham kutilmoqda.
Anjumanda Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Kerimli, Turkiya Respublikasi madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Serdar Cham, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Matluba Sattoriyon va o‘rinbosari Faridun Bobozoda, Qirg‘iz Respublikasi madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri o‘rinbosari Salkin Sarnogoyeva hamda Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Aybek Sidikov ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, AYSESKO huzuridagi Islom olami madaniy merosi markazi direktori Ndoro Vebber Murungveni, TURKPA Bosh kotibi o‘rinbosari Bektur Bazakechov, Turkiya Respublikasi Kayseri viloyati hokimi Chokmen Chichek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Milliy kutubxonasi direktori Ayhan Tug‘lu, Marokashdagi “Assalam” madaniy va dengiz merosini muhofaza qilish assotsiatsiyasi asoschisi Shayx El-Mami Ahmad Bazaid, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi vakili Xalmuрат Rashidov, Qozog‘istonning sobiq madaniyat vaziri hamda sobiq TURKSOY Bosh kotibi Dyusen Kaseinov va Koreya Respublikasining Miryang fondi prezidenti Li Chi Vu ham forum mehmonlari safidan o‘rin olgan.
Shuningdek, anjuman doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli san'atkorlar, musiqashunoslar va olimlar ham ishtirok etadi.
Xususan, Ozarbayjon xalq artisti, dunyoga mashhur mug‘om ijrochisi Ma’sum Ibrohimov, Avstriyaning taniqli musiqashunosi va “Maqomxona” madaniy jamiyati direktori Denis Mete, Ozarbayjon Xalqaro maqom markazi direktori, xizmat ko‘rsatgan artist Sohib Pashazoda, Fransiyada faoliyat yuritayotgan Jahon musiqasi xalqaro instituti asoschisi va direktori Margaret Desheno forumning nufuzli ishtirokchilari qatoridan joy olgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning Quvaytdagi madaniyat elchisi, taniqli global inflyuenser Abdulkarim Falih, Quvaytdagi Shayx Jobir al-Ahmad madaniyat markazi direktori maslahatchisi Amer Ja’far hamda Bosniya va Gersegovinadagi Zenitsa universiteti professori, taniqli sharqshunos olim Kazim Hadjimejlich anjuman tadbirlarida ishtirok etadi.
Anjuman doirasida tantanali ochilish marosimi, xalqaro tanlov, ilmiy-amaliy konferensiya, mahorat darslari, madaniy dasturlar va Namangan viloyatining diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar o‘rin olgan.
23–iyun kuni Namangan viloyatining Namangan shahrida “III Xalqaro maqom san’ati anjumani”ni haqida mahalliy va xorijiy OAVlar uchun matbuot anjumani hamda “III Xalqaro maqom san’ati anjumani”nining tantanali ochilish marosimi;
24–iyun kuni “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida o‘tkaziladigan “Sharq maqomining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar madaniyatlararo muloqot forumi, ishtirokchi davlatlarning vakillari o‘rtasida xalqaro tanlov;
25–iyun kuni “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida o‘tkaziladigan “Sharq maqomoti an’analari va yoshlar: Meros, ta’lim va kelajak istiqbollari” mavzusida yosh olimlar ishtirokidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani, III Xalqaro maqom san’ati anjumani doirasida o‘tkaziladigan “Sharq maqomining yangi tendensiyalari: an’ana va innovatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya, mahalliy va xorijiy OAVlar uchun brifing, ishtirokchi davlatlarning vakillari o‘rtasida xalqaro tanlov, Namangan shahridagi Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilayotgan Xalqaro gullar festivali konsert dasturida xorijiy ijodiy jamoalarning chiqishlari;
26–iyun kuni “III Xalqaro maqom san’ati anjumani”ning tantanali taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
“III Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuyetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
“Gran-Pri”- 15 000 AQSH dollari;
1-o‘rin- quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:
-yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 10 000 AQSH dollari,
-ansambl jamoasi uchun – 10 000 AQSH dollari
2-o‘rin- quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:
-yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 7 000 AQSH dollari,
-ansambl jamoasi uchun – 7 000 AQSH dollari
3-o‘rin- quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:
-yakkaxon ijrochi (xonanda yoki sozanda) – 5 000 AQSH dollari,
-ansambl jamoasi uchun – 5 000 AQSH dollari
Bundan tashqari anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab–quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida, “Eng yaxshi maqom xonandasi”, “Eng yaxshi maqom sozandasi”, “Eng yaxshi maqom ustozi”, “Eng yaxshi maqom targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi yosh maqomchi”, “Eng yaxshi maqom bastakori” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi. Anjumanning har bir ishtirokchisiga “Xalqaro maqom san’ati anjumani ishtirokchisi” sertifikati taqdim etiladi.
“III Xalqaro maqom san’ati anjumani”ga tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazilib, xalqaro hay’at tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari bo‘yicha baholanadi. (Ma’lumot uchun, xalqaro tanlov hakamlar hay’ati a’zoligiga Ozarbayjon Respublikasi, Fransiya, Turkiya Respublikasi, Serbiya Respublikasi, Quvayt Davlati, Kanada, O‘zbekiston Respublikasidan hakamlar ro‘yxati shakllantirilgan.)
“III Xalqaro maqom san’ati anjumani” doirasidagi xalqaro tanlovda 18 ta mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Jumladan, Ozarbayjon Respublikasining mashhur “Mug‘om” jamoasi, Pokiston Islom Respublikasining “Humarian Press Kit” guruhi, Qirg‘iziston Respublikasining Bobur nomidagi O‘sh davlat akademik musiqali teatri, Hindistondan Moumita Mitra va Sayak Barua, Niderlandiya Qirolligining “Druk Luyang” jamoasi, Tojikiston Milliy maqom ansambli, Qozog‘iston Respublikasining “Qag‘an” etno-folklor ansambli, Turkiyadan Asude Chelebio‘g‘lu va Ismoil Haqqi, Suriya Arab Respublikasining “Sheikh Hamed Davood” jamoasi, Gruziyaning “Ialoni” an’anaviy ayollar musiqa ansambli, Koreya Respublikasining “Miryang” musiqiy jamoasi, Yaponiyaning “Shimono Ayumi no Kai KSPS Japan” jamoasi hamda Turkmaniston xalq musiqasining klassik triosi, O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston davlat simfonik orkestri milliy sozandalar ansambli, “Maqom band” sozandalar ansambli, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti magistr xonandalar ansambli, “Dilnavoz” maqomchilar ansambli, Yosh maqomchilar terma jamoasi (Nafisa Farmonova, Maftuna Saidova, Sunnatilla Yunusov, Quvonchbek Do‘stmurodov, Suxrob Madraimov, Inoyat Bozorov Mirshod Quvondiqov, Asqar Temirov, Sirojiddin Omonov va Bayram Yakubov), Mamasodiqov Nodirbek Begali o‘g‘li (Tanbur) va Turg‘un Alimatov nomidagi “Me’ros sozandalar ansambli” tanlovda ishtirok etadi.
Shuningdek, yakka ijrochilar yo'nalishida Xitoy Xalq Respublikasidan (Uyg'ur) Munire Vusiman, Armaniston Respublikasidan Mariam Hovnanyan, Eron Islom Respublikasidan Maleki Jahandar, Mo'g'uliston Respublikasidan Tserendavaa Tsogtgerel, Ozarbayjon Respublikasidan Nuraddin Taghiyev va Teymur Jabrayilov hamda O‘zbekiston Respublikasidan xonanda Orif Ergashev o‘z ijodiy dasturlari bilan qatnashadilar.
Shuningdek, Namangan shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida anjuman doirasida yurtimizdagi 14 ta hududlarning o‘ziga xos madaniyati va san’atini namoyish etish uchun povilonlar tashkil etildi. “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” davomida hududlarga ajratilgan pavilionlarda xalqaro musiqa yarmarkasi, maqom san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, jumladan, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, fotosuratlar namoyishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, “III Xalqaro maqom san’ati anjumani” o‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “I Xalqaro maqom san’ati anjumani” 2018-yilning 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrining tarixiy markazida o‘tkazilgan. Unda jahonning 75 mamlakatidan yakkaxon xonandalar, folklor jamoalari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etgandi.
“II Xalqaro maqom san’ati anjumani” esa 2024-yilning 27–30-iyun kunlari Jizzax viloyatining Zomin tumanida o‘tkazilib, anjumanda 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashgan.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:+998915889085
