#Pilla_karvoni #Hazoraspda_kumush_tola_mavsumiga_start_berildi!
2026-05-19 11:15:00 / Yangiliklar

Bugun Hazorasp tumani pillakorlari uchun quvonchli va mas’uliyatli kun — tumanda pilla topshirish mavsumi rasman boshlab yuborildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan “Kumush tola karvoni” tadbirida tuman hokimligi mutasaddilari, soha rahbarlari hamda fidoyi pillakorlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar soha rivojiga davlatimiz rahbari tomonidan qaratilayotgan yuksak e’tibor, qimmatbaho xomashyo yetishtirish ortidagi mashaqqatli va sharafli mehnat xususida to‘xtalib, barcha pillakorlarni mavsum boshlanishi bilan qutladilar.
Mavsumning ilk kunlaridanoq yuqori natija ko‘rsatib, birinchilardan bo‘lib “kumush tola” topshirgan ilg‘or va fidoyi pillakorlar tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Joriy yilda Hazorasp tumanida jami 4 224 quti ipak qurti parvarishlanib, undan 253 tonna sifatli “kumush tola” olish rejalashtirilgan.
Hazorasp tuman hokimligi
Matbuot xizmati









